
Boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 5-kun natijalari bilan tanishing!
Ayni kunlarda Dubayda o‘smir va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun ushbu turnirning beshinchi kun bahslari o‘tkazildi. Unda o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan janglarda to‘qqiz nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. Ular orasida Robiyaxon Baxtiyorova, Shaxina Ne’matova, Guldana Tilaubergenova, Sanobar Bozorboeva raqibalarini mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan bo‘lsa, Laziza Yusupova bu bosqichda mag‘lubiyatga uchrab, bronza medali bilan cheklandi. Quyida bugungi kun natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
- 50 kg:Hojiakbar Mahmudov -Ilya Kalinin(Qozog‘iston) (G‘alaba)
- 60 kg: Javohir Ummataliev - Madiyar Taipakov (Qozog‘iston) (G‘alaba)
-66 kg: Fazliddin Erkinboev - Ankush (Hindiston) (G‘alaba)
- 75 kg: Mizrob Nekboev - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) (G‘alaba)
- 48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Anita Adisheva (Qozog‘iston) (G‘alaba)
- 50 kg: Shaxina Ne’matova - Devika Satyijit (Hindiston) (G‘alaba)
- 52 kg Laziza Yusupova - Mirzyakul Tomiris (Qozog‘iston) (Mag‘lubiyat)
- 54 kg: Guldana Tilaubergenova - Aarso (Hindiston) (G‘alaba)
- 66 kg: Sanobar Bozorboeva - Supriya Ravat (Hindiston) (G‘alaba)
Fikrlar