
Bobur Akbarov xorijdan tushgan takliflarni nima uchun rad qildi?
“Qo‘qon-1912” klubini tark etgan himoyachi Bobur Akbarov yangi mavsumni qaysi klubda boshlamoqchi? Ayni chog‘da unga Superligadan 2 ta aniq taklif tushgan. Shuningdek, “Turon” jamoasi ham Akbarov uchun jiddiy kurashmoqda.
Bulardan tashqari futbolchiga chetdan ham takliflar bor. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, unga Hindiston, Malayziya va Bangladesh chempionatlaridan chorlovlar bo‘lgan. Shu sababli Boburning oldida yana legionerga aylanish imkoniyati bor edi. Biroq futbolchi pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli chetga ketishni istamadi.
Yodingizda bo‘lsa, Akbarov 2017 va 2018 yilgi mavsumlarni Malayziyada “Kuala-Lumpur” jamoasida o‘tkazgan.
Futbolchi katta ehtimol bilan bu yil “Turon” klubida to‘p surishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar