
Bobur Akbarov endi "Surxon"da
Toshkentda mashg‘ulotlarni boshlagan “Surxon” klubi butunlay yangilanyapti. Xabaringiz bor, ispaniyalik murabbiy va futbolchilar kelishdi. Shu bilan birga mahalliy o‘yinchilar ham tarkibga taklif qilinmoqda.
Sports.uz olgan ma’lumotga ko‘ra, “Surxon” jamoasiga himoyachi Bobur Akbarov qo‘shilgan. O‘tgan mavsumni “Qo‘qon-1912”da o‘tkazgan futbolchi “Surxon”ga qo‘shilishdan oldin “Turon” jamoasining mashg‘ulotlarida ham qatnashgandi. Endi bo‘lsa, u “Surxon”da paydo bo‘ldi.
Shuningdek, o‘tgan yili pro ligada Samarqandning “Dinamo” sharafini himoya qilgan hujumchi Timur Hakimov ham “Surxon” yig‘inlarida ishtirok etyapti. Hozircha termizliklarning ispaniyalik bosh murabbiyi tarkibdagi yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazyapti.
Fikrlar