Bobur Akbarov: "Birinchi davrada yo‘qotilgan ochkolar bizga dars bo‘ldi"

  • 19 iyul, 2023, 13:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Qo‘qon-1912» jamoasining tajribali himoyachisi Boburjon Akbarov birinchi davradagi omadsizlik va ikkinchi davra uchun olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida qisqa intervyu berdi.

Tecno

«Barchaga Assalomu alaykum. Jamoamiz Pro liganing birinchi davrasini uchinchi o‘rinda yakunladi. Bu o‘rin nafaqat qo‘qonlik muxlislarga, balki bizga ham yoqmayapti. Ba’zi o‘yinlarda bizga omad etishmadi, ba’zida esa bizga barqarorlik etishmadi.

Menimcha, birinchi davrada yo‘qotilgan ochkolar bizga dars bo‘ldi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni shunga qarab boshladik. Tayyorgarlikning birinchi qismida Toshkent viloyatining tog‘li hududida asosan jismoniy holatni mukammal holatga keltirish uchun harakat qildik. Yig‘in davomida jamoa vakillariga ajoyib sharoit yaratib berishdi va biz ham shunga yarasha a’lo tarzda tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman.

Qo‘qonda boshlagan yig‘inda esa biz asosan taktika va texnikaga ishlamoqdamiz. 2-davra boshlangunga qadar barcha futbolchilar maksimal shay holatda bo‘ladi, deb umid qilaman. Jamoamizning jonkuyar ashaddiy va sodiq muxlislariga oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman. Xudo xohlasa, 2-davrada g‘alabalarimiz va yil yakunida Superliga yo‘llanmasi bilan ularning kayfiyatini yanada ko‘tarishga biz futbolchilar borimizni berishga tayyormiz», - deb fikrini yakunladi jamoa etakchilaridan Boburjon Akbarov.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!