
Boateng turk klubi futbolchisiga aylanadi
Sky Italia nashri xabariga ko‘ra, "Fiorentina" yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng "Beshiktosh" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli ganiyalik futbolchi hozirda Turkiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda va uning transferi yaqin vaqtlar ichida yakunlanadi.
"Beshiktosh" Boatengni keyingi mavsum so‘nggigacha sotib olish imkoni bilan ijaraga oladi. Xavbek 2022-yil yozigacha shartnoma imzolaydi.
Fikrlar