
Boateng "Fiorentina"ga o‘tishi mumkin
"Fiorentina" klubi "Sassuolo"ning hujumkor yarim himoyachisi Kevin-Prins Boatengni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “binafsharanglilar” 32 yoshli ganalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga jalb etishmoqchi. Ular katta ehtimol bilan Boatengni ijaraga olishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Boateng o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Barselona”da ijarada o‘tkazdi va 4ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning “Sassuolo” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar