
Boateng "Barselona"ga kerak emas
Mavsumning ikkinchi yarmini “Barselona” safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Sassuolo” yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng yozda yana o‘z jamoasiga qaytadi.
Sport Bild nashrining xabar berishicha 32 yoshli ganalik futbolchining harakatlari kataloniyaliklar murabbiylar shtabiga ma’qul kelmagan. Ta’kidlash kerakki, dushanba kuni jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilarni mashg‘ulotlarga taklif qilgan edi. Biroq, ushbu mashg‘ulotga birorta ham futbolchi kelmadi, jumladan Boateng ham.
Ma’lumot uchun, "Barselona" Boatengni yanvarda "Sassuolo"dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakunigacha ijaraga olgan edi. U hozircha kataloniyaliklar safida jami 2ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar