
Bizni aldashdi! “Barsa” yulduzlari shokda
“Barselona”ning ispaniyalik futbolchilari – Daniel Olmo va Pau Viktor Ispaniya Qirollishi futbol federatsiyasi va La Liga rahbariyatining ularni chempionatning ikkinchi qismiga ro‘yxatdan o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi qaroridan hayratga tushgan.
Carrusel Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, har ikki o‘yinchi o‘zlarini aldangan, deb hisoblaydi. Chunki klubdagilar ularga hujjatlar vaqtida etkazilgani, o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar La Liga va federatsiyasi bilan hal etilganini aytishgan.
Avvalroq, “Barselona” dubaylik va qatarlik investorlar orqali klub g‘aznasiga tushum qilingani va rahbariyati bu ikki futbolchini qaydnomadan o‘tkazishga ruxsat olgani haqida ma’lumot tarqatilgandi.
Biroq, klubning navbatdagi urinishi ham zoe ketdi.
Endi kataloniyaliklar bu masala yuzasidan Ispaniya Oliy sport kengashiga ariza berishga qaror qildi. Agar muammo bartaraf etilmasa, Olma ham, Viktor ham erkin agent maqomida “Barselona”ni tark etish huquqiga ega bo‘ladi.
Fikrlar