Biz bilgandik, biz kutgandik! "Lion" Liga 1 ni sudga bermoqchi

  • 1 may, 2020, 01:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga 1 kecha mavsumni muddatidan avval yakunlanganini ma’lum qildi va PSJni chempion deb e’lon qildi.

Tecno

Biroq, mavsum muddatidan avval yakunlangach musobaqa jadvalida 7-o‘rinda qolib ketgan va 1997 yildan buyon ilk bor Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mosuvo bo‘lgan “Lion” Liga 1 ni sudga bermoqchi. Ularning fikricha turnir jadvalidagi o‘rinlar kabinetda emas, maydonda hal qilinishi kerak. Klub rasmiy bayonotida yozilishicha, ular Ligadan EChLga chiqa olmaganliklari ortidan ko‘riladigan millionlab evro zararni qoplab berishlarini talab qilishmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Frantsiya bosh vaziri Eduard Filipp mamlakat xududida sentyabrgacha hech qanday futbol uchrashuvlari o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Liga 1 rahbariyati mavsumni yakunlashga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!