
Birorta golda ishtirok etmagan futbolchi Portugaliya - Chexiya bahsining eng yaxshisi bo‘ldi
Portugaliya va Chexiya o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu sovrin PSJ yarim himoyachisi Vitinyaga nasib etdi. Yarim himoyachi 89-daqiqa maydonda harakat qildi va gol yoki assist qayd etmadi. U paslarda 90 foiz aniqlik qayd etdi va maydonda 11,3 kilometrni bosib o‘tdi.
Qayd etish lozim, portugallar mazkur bellashuvda Konseysau tomonidan 90+2-daqiqada kiritilgan gol evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. Ularni ikkinchi turda Turkiyagga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar