Bilasizmi? Messining restoranida "Oltin to‘p" ta’mini totishingiz mumkin

  • 26 may, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Ispaniyada, shuningdek, Andorrada butun restoranlar tarmog‘iga ega. Qoidaga ko‘ra, ushbu restoranlarda argentinalik futbolchi yaxshi ko‘radigan taomlar sotiladi.

Tecno

E’tiborlisi, futbol maydonida o‘zini Messi kabi his qila olmaydigan mehmonlar buni hech bo‘lmaganda stolda his qilishlari mumkin. Aytgancha, Leo pitstsa va albatta, go‘shtni yaxshi ko‘radi.

“MiM Andorra” mehmonxonasida joylashgan Messining restoranlaridan birida esa yigirma to‘rt evro turadigan noodatiy desert – shirin “Oltin to‘p”ni tatib ko‘rishingiz mumkin. Aytishlaricha, u restoranda eng ko‘p sotilgan taom hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!