
Beyl Mourinoni uyaltirib qo‘ydi
“Real”dan “Tottenxem”ga qaytgan Garet Beyl o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning o‘yini qadrdon ustozi Joze Mourinoga yoqmadi. Shu bois, uelslik hujumkor futbolchi mavsum yakunlanishi bilan Zinedin Zidan ixtiyoriga qaytib boradi.
Hafsalasi pir bo‘lgan Mourino Beylning o‘rniga “Vulverxempton” yarim himoyachisi Adam Traoreni olishni rejalashtirmoqda. Ispaniyalik futbolchi “bo‘rilar” bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda va Evropa chempionlar ligasi uchun kurashayotgan kuchliroq klubga o‘tishni istayapti.
“Tottenxem” rahbari Daniel Levi “Vulverxempton”ga Adam Traore uchun yozda 50 million evro to‘lashni va’da qilgan.
Fikrlar