
Berdiev: "Jigauriga hech kim penalti borasida ko‘rsatma bergani yo‘q"
"Nasaf" so‘nggi paytlarda penaltidan foydalanish borasida oqsamoqda. "Sharja"ga qarshi birinchi o‘yinda Aziz Omonov, ikkinchi bashda esa Jaba Jigauri 11 metrlik jarimadan gol ura olmadi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiev penalti borasidagi savolga ham javob berdi.
"Penaltidan foydalanish uchun mahoratga ham ega bo‘lish kerak. Yigitlarni bu borada qiynalayotganligi ruhiy holat bilan bog‘liq. Bugun Jigauriga penaltini tep, deb hech kim aytgani yo‘q. Bu uning qarori edi. Ko‘rsatmada faqatgina 3 futbolchini tepish aytilgan. Jaba, Bozorov va Nasrullaev. Ba’zida kim o‘ziga ishonsa, o‘sha o‘z zimmasiga olsin, deyilgan. Bugun Jigauri bu vazifani amalga oshirmoqchi edi. Ammo gol ura olmadi. Yaxshisi, bu holatga urg‘uni bermaylik", - dedi mutaxassis.
"Nasaf" 4-turdan keyin 7 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Ajdarlar" peshqadam bo‘lib turgan "Sharja"dan 1 ochkoga ortda qolyapti.
Fikrlar
.