
Benzemasiz “Real” avvalgidek bo‘lmaydi!
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele hamyurti Karim Benzemaning “Real”dan ketganiga o‘z munosabatini bildirdi.
Ma’lumki, 35 yoshli Benzema kutilmaganda “Real” bilan yangi bitim tuzmadi va Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” jamoasiga yo‘l oldi.
- Benzema fantastik o‘yinchi. Uning ketishi tufayli “Real” ko‘p narsa yo‘qotdi. U bejizga “Oltin to‘p” sohibi bo‘lmagan. Karimsiz “Real” avvalgidek bo‘lmaydi, - dedi Usmon Dembele Marca nashri jurnalistlariga.
Shuningdek, Usmon Dembele mohir to‘purarlardan hisoblangan Benzemaning boshqa qit’aga ketishidan Ispaniya chempionati ham yutqazganini aytdi.
Fikrlar