
Benzemadan navbatdagi rekord! Buni avval faqat Messi uddalagan
"Real" hujumchisi Karim Benzema PSJ futbolchisi Lionel Messi natijasini takrorladi.
Frantsiyalik forvard chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda dubl muallifiga aylandi. Bu futbolchining joriy mavsum EChLdagi birinchi va ikkinchi gollari edi.
Shu tariqa, Benzema qatorasiga 18-mavsum chempionlar ligasida gol urib kelmoqda. Avval bu natijaga faqatgina Leo erishgan. Ikki futbolchi ham 2005/6 yilgi mavsumdan buyon gol urmoqda.
Fikrlar