
Benzema yana bir o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Real" hujumchisi Karim Benzema son mushaklaridan olgan jarohatidan hali ham davolanmoqda.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli frantsiyalik futbolchi hali ham yakka tartibda shug‘ullanmoqda va jamoaning umumiy guruhiga qo‘shilgani yo‘q. Shu sababli uning ertaga “Alaves”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.
Benzema joriy mavsum “Real” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar