
Benzema “Real”ga tortmay qoldi
Bir necha yildan beri “Real”ing asosiy to‘purari bo‘lib kelgan Karim Benzema joriy mavsumda o‘zini ko‘rsata olmayapti.
35 yoshli futbolchi o‘yinida pasayish davom etayotgan klub mutasaddilarini xavotirga solmoqda. Rahbariyat topshirig‘i bilan frantsiyalik hujumchiga o‘rinbosar qidirilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, taklif etilishi mumkin bo‘lgan oldingi chiziq vakillari ro‘yxatiga “Yuventus”dan ketmoqchi bo‘lib yurgan Dushan Vlaxovich ham kiritildi.
“Real” Kilian Mbappe yoki Erling Xoland transferini 2024 yilning yoziga qoldirgan. Lekin ungacha madridliklarga ko‘p gol ura oladigan boshqa hujumchi kerak. Dushan Vlaxovich ana shu rolga nomzodlar biriga aylandi.
Fikrlar