
Benzema “Real”dan ketishining asl sababini oshkor qildi
“Real” tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan biri Karim Benzema 2023 yilning yozida Madrid klubini tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qo‘shildi.
36 yoshli hujumchi nega Ispaniyaning eng qudratli klubidan ketgani sabablarini aytib berdi.
- “Real”dan nega ketdim? Chunki bu klubda hamma narsaga erishib bo‘ldim. “Real”ga yosh yigit davrim kelgandim va klubni ko‘plab sovrinlar va “Oltin to‘p”ga ega erkak sifatida tark etdim. Bu jamoada barcha orzularim amalga oshdi, - dedi Karim Benzema.
Benzema “Al-Ittihod”ga erkin agent maqomida qo‘shildi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatdi.
Fikrlar