
Benzema Peres bilan uchrashdi
Karim Benzema "Real Madrid" prezidenti bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish taklifini muhokama qildi.
"Onda Sero" jurnalisti Alberto Pereyro xabariga ko‘ra, hujumchi Florentino Peres bilan uchrashib, unga yiliga 100 million evro taklif qilinganini aytgan.
Madrid klubi rahbari "Oltin to‘p" egasining har qanday qarorini qabul qilishga tayyor. Benzema o‘z kelajagi haqida yakshanba kuniga qadar qaror qabul qiladi.
35 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Liganing 23 o‘yinida 18 ta gol urdi. Uning statistik ma’lumotlari bilan bu erda tanishish mumkin.
Fikrlar