Benzema o‘rniga Xoland o‘ynaydi!

  • 12 oktabr, 2022, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar sifatijda “Manchester Siti”da porlayotgan Erling Xolandni tanladi.

Tecno

Benzemaning amaldagi kelishuvi mavsum oxirida tugaydi. Lekin rahbariyati frantsiyalik hujumchi bilan hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytiradi.

“Qirollik klubi” Xolandni 2024 yil yozida xarid qilishni rejalashtirmoqda. 22 yoshli norvegiyalik to‘purarning shartnomasida 2024 yil yozida uni muayyan summaga sotib olish haqidagi band kuchga kirishi aytilmoqda.

Benzema “Real” safida 2009 yildan beri to‘p tepib kelyapti. 34 yoshli futbolchi jismoniy holati pasayib borayotganini biladi va ancha oldin o‘zining o‘rniga yosh va kuchli hujumchi topish kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!