Benzema Eto’Oga etib oldi

  • 9 mart, 2020, 12:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" forvardi Karim Benzema Ispaniya chempionati doirasida "Betis" (1:2) ga qarshi kechgan o‘yinda jamoaning yagona goliga mualliflik qildi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi La Ligadagi gollari sonini 162 taga etkazib, ushbu musobaqa tarixida eng ko‘p gol urgan legioner futbolchilar ro‘yxatida Samuel Eto’Oga etib oldi va beshinchi o‘rinni kamerunlik sobiq hujumchi bilan bo‘lishib turipti.

Bu borada, "Barselona" futbolchisi Lionel Messi 438 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.

Kuchli to‘rtilkdan Krishtianu Ronaldu (311), Ugo Sanches (234) va Alfredo Di Stefano (227) o‘rin egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!