
"Benfika" Superliga klubi bilan hamkorlik bitimi imzolaydi
22 oktyabr kuni yurtimizga dunyoning mashxur klublaridan biri hisoblangan Portugaliyaning «Benfika» klubidan ikki nafar vakil Davide Gomes va Ugo Ribeyrolar tashrif buyurishmoqda.
Safardan maqsad, «Andijon» klubi bilan tanishish va o‘zaro hamkorlik bitimini imzolash ko‘zda tutilgan. O‘xshashlik tomonlaridan biri, ikkala jamoaning ramzi sifatida burgut ifoda etilgan. O‘zaro tajriba almashilib, turli loihalar ustida birgalikda ish olib borish ehtimoli katta. Portugaliyalik futbol mutasaddilari 22 oktyabr kuni ertalab soat 7:30 da Toshkent aeroportida kutib olinadi va kunning ikkinchi yarmida Andijon shahriga etib kelishadi.
«Andijon» matbuot xizmati
Fikrlar