Bellingem qanchaga haydaldi?

  • 19 fevral, 18:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 24-turida “Real” Pamplonada “Osasuna” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, musobaqa jadvalida peshqadamlikni bo‘shatib berdi.

Tecno

Eng yomoni – madridliklar uchrashuvida yana hakamlik bilan bog‘liq muammo kelib chiqdi. Gap shundaki, “Real” yulduzi Jud Bellingem bellashuvning 39-daqiqasida bosh hakam Xose Munuera Monteroni haqorat qilgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

O‘yinchining o‘zi va bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘sha vaziyatda hakam haqorat qilinganini tan olmadi.

Shunga qaramay, Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasining Tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqib, Bellingemni diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi.

Endi angliyalik hujumkor futbolchi ikkita uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!