Bellingem Manchesterga bormaydi
Angliya Premer-ligasida mavqeini tiklashga harakat qilayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transferlar davrida jamoaga Job Bellingemni taklif qilish ustida ish olib borayotgan edi.
Job “Real”dagi akasi Jud Bellingemning yo‘lini takrorlash maqsadida yozdi “Sanderlend”dan Dortmundning “Borussiya” klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Iqtidorli hujumkor futbolchining Bundesligada ishlari yurishmayapti. 20 yoshli yarim himoyachi asosan zaxiradan maydonga tushmoqda. Etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan angliyalik charm to‘p ustasi yanvarda Dortmundni tark etishga qaror qilgan.
Bellingemlarning kichigiga og‘iz solayotganlar orasida “Manchester Yunayted” ham bor. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Bellingemga bu variant ma’qul kelmadi.
Mirror nashrining yozishicha, Job Bellingem “Borussiya”ni tark etadigan bo‘lsa, faqatgina Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tadi. Ruben Amorim jamoasi esa, o‘tgan yilgi inqirozdan keyin xalqaro musobaqalar yo‘llanmasidan quruq qolgan.



Fikrlar