Bellingem final oldidan nimalar dedi?

  • 17 dekabr, 2024, 21:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Pokucha"ga qarshi Qit’alararo kubok finalidan oldin matbuot anjumanida qatnashdi. Angliyalik futbolchi muxbirlarning savollariga javob berib o‘tdi.

Tecno

"Bizda etakchilarga to‘la kiyinish xonasi bor. Kiyinish xonasida jamoa sardori bo‘la oladigan ko‘plab futbolchilar bor.  

So‘nggi bir necha o‘yinda men gol urish mumkin bo‘lgan pozitsiyalarda bo‘ldim. Men buni davom ettirishni xohlayman, chunki bu jamoaga o‘yinlarni yutishda yordam berishi mumkin.  

Men ishonaman, biz vaziyatni o‘zgartira olamiz va yaxshiroq futbol o‘ynaymiz. Hammasi o‘zimizga bog‘liq va bu ertadan boshlanadi. 

Tanqidlar? Bosim — bu imtiyoz. Tanqid bo‘lishini kutmaslik ahmoqlik.  

Biz bu o‘yinga juda jiddiy qaraymiz. Biz yana bir sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.  

Mening elkam? Hammasi joyida. Hali ham maxsus bog‘lovchi kiyib yuraman, lekin umuman olganda hammasi yaxshi.

Vinisius FIFA talqini bo‘yicha yil o‘yinchisi? Agar u g‘alaba qozongan bo‘lsa, bu to‘liq haqli. Men uning uchun juda xursandman.  

Sevimli pozitsiyam? Mening sevimli pozitsiyam — Anchelotti meni qaerga qo‘ysa, o‘sha er",— 21 yoshli yarim himoyachi anjumanda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!