Bellingem 72 yillik rekordni takrorladi

  • 16 dekabr, 2024, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning angliyalik yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya chempionati doirasida 17-turda “Rayo Valekano” darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Tecno

Bu Bellingem uchun tarixiy gol bo‘lib chiqdi. Gap shundaki, Jud bu goli bilan 72 yillik rekordni takrorladi.

Bellingem hujumchi bo‘lmay turib, ketma-ket oltita uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan “Real” tarixidagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bundan 72 yil muqaddam jamoa yarim himoyachisi Roke Olsen shunday natija qayd etgandi.

Jud Bellingem La Ligada “Rayo Valekano”dan tashqari “Jirona”, “Atletik”, “Xetafe”, “Leganes” va “Osasuna” darvozasini ham ishg‘ol qilgan.

Agar bu futbolchi keyingi turda “Sevilya” darvozasiga ham yo‘l topa olsa, hujumchi bo‘lmay uzluksiz gol urish bo‘yicha yangi rekord sohibiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!