Belgiya terma jamoasining ikki etakchisi safga qaytdi

  • 17 iyun, 2021, 13:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yarim himoyachilar - Kevin de Bryuyne va Aksel Vitsel Daniya bilan bo‘ladigan “Evro-2020” guruh bosqich 2-tur o‘yinida ishtirok etishi mumkinligini aytdi.

Tecno

Ushbu yarim himoyachilar jarohati tufayli Rossiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishgan edi.

“De Bryuyne bilan hammasi joyida. U sog‘lom va o‘ynashga tayyor. Gap uning maydonga qancha vaqt o‘ynay olishida. Uning tiklanish sur’atlaridan mamnunman.

Xuddi shu gaplar Vitselga ham tegishli. Keyingi ikki uchrashuvga optimal tarkibda bormoqchimiz", - dedi Martines.

Belgiya bugun Daniyaga qarshi bahs olib boradi. Roberto Martines shogirdlari dastlabki turda Rossiyani 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!