Belarus chempionati. Yaxshiboev dubl qayd etdi, "Shaxtyor" yana peshqadam

  • 26 iyul, 2020, 23:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Belarus Oliy ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" hamda "Smolevichi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda soligorskliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev mezbonlar safida uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining ikki hamda to‘rtinchi gollariga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "konchilar" hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Belarus Oliy ligasi. 19-tur

"Shaxtyor" - "Smolevichi" 4:0 

Gollar: Antich (9), Yaxshiboev (61, 70), Szoke (69)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!