
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" qatorasiga ikkinchi bahsda mag‘lub bo‘ldi
Belarus chempionatida 5-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi o‘z maydonida "Gorodeya"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 35-daqiqada Andrey Sorokin tomonidan kiritildi. 40-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirilgan Yaxshiboev ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi. Uning o‘rnini Umarov egalladi.
Qatorasiga ikki tur mag‘lub bo‘lgan minskliklar hisobidagi ochkolar soni o‘zgarishsiz qoldi (9) va onlayn turnir jadvalida 3-o‘ringa tushdi. Jamoa o‘zining kelgusi bellashuvini 24 aprel kuni "Neman"ga qarshi o‘tkazadi.
Belarus chempionati / 5-tur
19:30 "Energetik-BGU" - "Gorodeya" 0:1
Gol: Sorokin (35)
"Energetik-BGU": Sadovskiy, Nosko, Atemenge (Bakich, 46), Shkurdyuk, Miroshnikov, Sokol, Yaxshiboev (Umarov, 46), Yudchits, Mavatu, Musaxanyan (Sovpel, 60), Tve.
Zaxira: Lesko, Svirepa, Shorats, Girs.
"Gorodeya": Dovgyallo, Shestilovskiy, Usenya, Sorokin (Ignatenko, 87), Yoksimovich, Yaskovich, Arxipov (Bayduk, 63), Pavlyuchek, Sazonovich, Saychich, Poznyak.
Zaxira: Makarov, Baglay, Shibun, Pushnyakov, Shavel.
Ogohlantirish: Yaxshiboev, 40.
Fikrlar