
Belal Muhammad birinchi chempionlik himoyasiga tayyor. Uning raqibi kim bo‘ladi?
Belal Muhammad o‘zining birinchi chempionlik himoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda uning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar qildi.
"Belal dekabrda jang qilishga tayyor. Lekin UFC buni e’lon qilishi kerak. Bahs qachon va kimga qarshi o‘tkazilishini Dana Uayt tez orada ma’lum qiladi. Ehtimol Belalning raqibi Shavkat Rahmonov yoki Kamaru Usman bo‘lar...Agar jang dekabr oyida bo‘lib o‘tadi, deb hisoblasak, Muhammadning 7 dekabr kuni "UFC 310" musobaqasida oktagonga ko‘tarilish ehtimoli yuqori", - dedi Abdel-Aziz "MMA Fighting" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni o‘tkazilgan "UFC 304" turnirida Belal Muhammad Leon Edvardsni engib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar