Bekxem Ikardini o‘z jamoasiga taklif qilmoqda

  • 15 iyun, 2019, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi MLSdan taklif oldi. Bu haqda Télam axborot agentligi xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli argentinalik to‘purarni Devid Bekxem o‘zining "Inter Mayami" klubiga taklif qilmoqda.

Aytish kerakki, Ikardi mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Unga esa shuningdek "Yuventus" va "Napoli" klublari asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikardi ortda qolgan mavsum “Inter” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!