
Bektemir Meliqo‘zievning raqibi o‘zgardi... Endi u mezbon bokschiga qarshi jang qiladi
Xabaringiz bor 2 noyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy jangida rossiyalik Sergey Kovalyov hamda meksikalik Saul Alvares o‘zaro to‘qnash kelishadi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang oqshomida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev ham profi ringda uchinchi jangini o‘tkazadi. U ukrainalik Ismail Sillax bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Bu borada xabar ham berib o‘tgandik. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, raqib o‘zgargan. Endi Meliqo‘ziev mezbon Klay Kollardga qarshi ringga ko‘tariladi. Klay profi ringda 8 marotaba jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba hamda bitta mag‘lubiyat va uchta durang qayd etgan.
Fikrlar