Bektemir Meliqo‘ziev va Gabriel Rosado revansh jangi yakunlandi

  • 23 aprel, 2023, 07:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. 
 
AQShning Las Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida u Gabriel Rosadoga qarshi revansh bahsida ringga ko‘tarildi. 
 
10 raund etib belgilangan bahs to‘liq davom etdi va unda hamyurtimiz barcha hakamlarning 99-91 hisobida g‘alaba qozonib, revansh olishga erishdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, ular o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuvda Rosadoning qo‘li baland kelgan edi.
 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ibroximmm
23/04/2023 08:36
БЕКБОС ОФАРИН УЗБЕК УГЛОНИ
Farhod Qudratov
23/04/2023 08:13
Баракалла