Bektemir Meliqo‘ziev raqibini yana nokautga uchratdi

  • 3 noyabr, 2019, 09:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta  vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziev   navbatdagi jangida ham muddatidan avval g‘alaba qozondi. 

Tecno

Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida bo‘lib o‘tgan jangda Bektemir Meliqo‘ziev amerikalik Kley Kollardga  qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangi to‘rtinchi raundda o‘z nihoyasiga etdi. Bektemir ushbu raundda raqibini dastlab nokdaun holatiga tushirdi, ammo u o‘rnidan oldi.  Meliqo‘zievning jigarga bergan zarbasidan so‘ng raqib yana erga quladi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi. Shu tariqa Bektemir uchinchi jangida ham muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
03/11/2019 12:20
Yashavoru lekin qaysi millatni bosh kiyimini kiyib yuribsan, milliy do'ppi kiysang bo'lmasmidi Shoxjaxonni qara doim do'ppida.
Аваз Бегматов
03/11/2019 09:16
Яшшавввоооррр Бектемир! Отанга рахмат