
Bektemir bilan bir boks oqshomida debyut qilgan kichik Xolifild ajoyib natija qayd etdi
Las-Vegasdagi boks oqshomida, birinchi og‘ir va og‘ir vazn toifasidagi afsonaviy jahon chempioni Evander Xolfildning o‘g‘li, 22 yoshli Evan Xolifild ham profi ringda o‘z debyutini o‘tkazdi. U birinchi o‘rta vazn toifasida yurtdoshi Nik Uinstedga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang atiga 16 sekund davom etdi. Evan dastlabki soniyalardanoq oldinga tashlanib raqibiga ketma-ket zarbalar yo‘llash orqali raqibini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Garchi, Nik qarshi bo‘lgan bo‘lsada, referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Fikrlar