“Bayer” to‘purari dahshatli avariyaga uchradi

  • 21 oktabr, 2024, 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning amaldagi chempioni “Bayer” hujumchisi Viktor Bonifase dahshatli avtohalokatga uchradi. 23 yoshli futbolchi 19 oktyabr kuni “Ayntraxt” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Bonifase do‘stlari bilan mashinada aeroportga ketayotgan bo‘lgan.  Haydovchi charchoq tufayli mashina boshqaruvini yo‘qotgan va yuk mashinasiga borib urilgan avtomobil ag‘darilib ketgan.

Bonifase yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan. Mashina to‘liq pachoqlanib ketganiga qaramay, hujumchi jiddiy jarohat olgani yo‘q. Shifoxonaga etkazilgan Bonifasega tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. U qo‘li qonayotgan suratini o‘z ijtimoiy tarmog‘iga qo‘yib, jiddiy jarohat olmaganini bildirdi.

Viktor Bonifase o‘tgan yili 34 ta uchrashuvda 21 ta gol va 10 ta assist bilan leverkuzenliklarning tarixda ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi. Bu mavsum esa, nigeriyalik hujumchi ettita o‘yinda beshta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!