
“Bayer” qo‘ygan narx “Chelsi”ni “nokaut” qildi
Yangi mavsum oldidan tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan “Chelsi” Bundesligadan Kay Xavertsni olib kelish fikridan qaytgani yo‘q.
Tomonlar bir necha marotaba muzokara qilgan bo‘lsa-da, futbolchini olishning imkoni bo‘lmayapti. “Bayer” Kay Xaverts uchun endi 100 million evro talab qilmoqda.
Leverkuzenliklar qaysi jamoa shu summani to‘lasa, Kay Xaverts o‘shanga tegishli bo‘lishini ma’lum qildi.
“Bayer” rahbariyati yakunlangan mavsumda jamoa agar Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Xavertsning transferini arzonlashtirishini bildirgandi. Lekin amalda klub transfer summasini tushirmadi. Jamoani tark etishni va Evropaning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etishni istayotgan Kay Xaverts esa, qaysi jamoa 100 million evro to‘lasa, transfer shunda amalga oshirilishi haqida ogohlantirildi.
Fikrlar