"Bayer" hujumchisining "Milan"ga transferi barbod bo‘ldi

  • 24 avgust, 16:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" hujumchisi Viktor Bonifase "Milan"ga o‘tmaydi. 24 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi amalga oshmadi.

"Kicker" nashrining xabar berishicha, "rossonerilar" tibbiy ko‘rik natijalarini tahlil qilgach, hujumchini rad etishdi. A Seriya klubi Bonifasening tizza holatidan qoniqmadi.

Ta’kidlash joizki, Viktor Bonifase faoliyati davomida ikki marta tizzasining xochsimon boylami uzilishi tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Natijada, Bonifase Leverkuzenga qaytdi.

Manbaning ta’kidlashicha, nigeriyalik futbolchining tizza holati mavsumoldi tayyorgarlikdan oldingi individual mashg‘ulotlar tufayli yanada yomonlashgan bo‘lishi mumkin.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!