"Bayer" 34 yoshli darvozabon transferini e’lon qildi

  • 11 avgust, 18:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" klubi "RB Leyptsig" darvozaboni Yanis Blasvixni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jamoa 34 yoshli darvozabon bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 2 million evroni tashkil etdi. Ta’kidlash joizki, Blasvix uch mavsum davomida "buqalar" tarkibida bo‘lgan.

Posbon o‘tgan mavsumda Avstriyaning "RB Zaltsburg" jamoasida ijara asosida to‘p tepgan edi. Bundan oldin "Bayer" finlyandiyalik darvozabon Lukash Gradetski bilan xayrlashgan edi. U o‘z faoliyatini "Monako"da davom ettiradi.

Leverkuzen klubi o‘tgan mavsum yakunida birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. Yozda jamoa boshqaruvini niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag qabul qilib oldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!