Baxtiyor Ashurmatov jamoasining mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?

  • 15 noyabr, 2021, 19:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” (3:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- “Nasaf” kuchliroq edi. O‘ylaymanki, ular haqqoniy g‘alabaga erishishdi. “Nasaf”ga qarshilik ko‘rsatishga 100 foiz kuchimiz etmadi. Shu sababli ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

- O‘tkazib yuborilgan uchala golda ham himoyachilarning aybi bo‘ldi deb o‘ylaysizmi?

- Gapning ochig‘i, bo‘ydor himoyachilarimiz bor edi. Norchaevning bo‘yi baland bo‘lmasa-da, boshi bilan yaxshi o‘ynashini ta’kidlagandim. Havoda to‘p uchun kurashlarda ko‘pincha g‘olib chiqadigan Ivan Yosovichni Norchaevga bog‘lab qo‘ygandik. Lekin himoyachimiz e’tiborni yo‘qotdi va Norchaev havodagi to‘p uchun kurashlarda ko‘pincha g‘olib chiqdi. Ammo kimnidir aybdor qilib ko‘rsatmoqchi emasman. Biz murabbiylar shtabi ham qaerdadir xato qilgan bo‘lishimiz mumkin. Hisob 3:1 bo‘lganida biroz jismonan kuchimiz etmadi.

- Jamoaning o‘tgan yilgi mavqeiga qaraganda, bu yil pasayish bo‘lyapti...

- Bu yil ham o‘tgan yilgi natijaga yaqin turgandik. Afsuski, bugun mag‘lubiyatga uchradik. O‘tgan yilgiga nisbatan bu yil o‘z maydonimizdagi ko‘proq uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchradik.

- Balki bugun Xolmuhammedov, Merzlyakov kabi futbolchilar maydonda bo‘lganlarida o‘yin boshqacha bo‘larmidi?!

- Balki deb aytish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bugungi kunda shu tarkibimiz bor edi. Ha, tarkibimizda yo‘qotishlar bor edi. “Nasaf” o‘z maydonida hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. Himoyada mustahkam o‘ynashimiz, raqibning hujumlarini bartaraf etishimiz haqida ko‘rsatmalar bergandik. Ammo qo‘rqqan narsamiz yuz berdi va “Nasaf” tezkor gol urdi. Ularning safida Stanoevich kabi standartdan yaxshi foydalana oladigan o‘yinchisi ham bor edi. Shuning uchun raqibning burchak zarbalari va standart zarbalari xavfli edi. “Nasaf”dek jamoa bilan uchrashuvda tezkor gol o‘tkazib yuborish albatta qiyin. Biroq tezkor goldan keyin rejalarimiz buzilib ketdi, shuning uchun yutqazdik deb aytish qiyin. O‘yinni o‘zgartirishga harakat qildik.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/11/2021 22:35
Erkak. fudbolni tushunadigan odamni fikrini beribti. ayrim murabbiyla bor kamandasi aytarli fudbol uynamaydi raqib uyinni qupollik janjal shantajlik qilish bilan ovora buladi. yana chiqib olib. unoqa bunoqa buldi deyishdan charchamaydi. bulmasa. kamandasi na fudbol na bir aytarli hujim bor. Quqon uyin taraflama ham yutqazgan bulsa ham cheroyli uynadi. keyingi uyinlariga omad. Nasaf esa shunchaki super.