"Bavariya"ning sobiq murabbiyi Bundesliga klubida ish boshlashi mumkin

  • 13 fevral, 2020, 17:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Berlinning “Gerta” klubi bosh murabbiy Yurgen Klinsmanni iste’foga chiqargach, uning o‘rniga mutaxassis qidirmoqda.

Tecno

Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mavsum oxirigacha jamoani Aleksandr Nuri boshqaradi. Shundan so‘ng berlinliklar jamoaga tajribaliroq mutaxassis jalb etishmoqchi. Bu borada ular joriy mavsum “Bavariya”dan iste’foga chiqarilgan Niko Kovach nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Gerta” Bundesliganing o‘tgan 21 ta turidan so‘ng 23 ochko jamg‘argan holda 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!