
"Bavariya"ga "Bayer" futbolchisi kerak emas
Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati Leverkuzenning “Bayer” jamoasi yarim himoyachisi Yulian Brandtga ortiq qiziqish bildirmayapti, deya xabar beradi Kicker nashri.
Manbada yozilishicha, nemis grandi rahbariyati mavsum oxirida tajribali futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Brandt esa bu talablarga mos kelmagan. Shuningdek, “Bavariya” qanot yarim himoyachilari Frank Riberi va Aren Robben bilan shartnomalarni uzaytirishga umid qilmoqda.
Avvalroq Brandt “Bayer” bilan kelishuvni uzaytirishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.
Fikrlar