“Bavariya”da “non” qolmadi, ketaman!

  • 10 yanvar, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerunlik hujumchi Erik Maksim Chupo-Motingning “Bavariya”dagi faoliyati oxiriga etib qoldi.

Tecno

Sky Sports  jurnalisti Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, 34 yoshli forvard yanvar oyida o‘ziga boshqa jamoa tanlamoqchi.

“Bavariya” murabbiylar shtabi mavsum o‘rtasida o‘yinchini yo‘qotishni istamayapti. Biroq afrikalik futbolchining asosiy tarkibga kirishi tobora qiyinlashib bormoqda.

Chupo-Motingni ko‘rsatkichlari pasayib ketgani bois, Kamerun terma jamoasi murabbiylar shtabi uni Afrika Millatlar ligasiga jalb qilmadi.

Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan hujumchi Qatar va Saudiya Arabistonidan o‘ziga mos jamoa topishga urinyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!