
"Bavariya"da asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchini APL grandi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx "Liverpul"ning transfer “nishoniga” aylandi. Sport Bild xabariga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati 20 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan muzokaralar jarayonini boshlab yuborgan. Mersisaydliklar uning transferini joriy yozgi transfer oynasidayoq rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Aytish kerakki, Rayan Myunxenda asosiy tarkib futbolchisi emas, shuning uchun uning boshqa klubga o‘tish ehtimoli katta. U Germaniya chempionatining joriy mavsumida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Gravenberx "Bavariya" safiga 2022 yilning yozida “Ayaks”dan kelib qo‘shilgandi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha imzolangan.
Fikrlar