"Bavariya" yulduzi APL klubiga o‘tishni xohlamoqda

  • 11 sentabr, 2024, 16:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamal Musiala APLda o‘ynashga tayyor.

"Bild" nashrining xabar berishicha, "Bavariya"ning iqtidorli yarim himoyachisi "Manchester Siti" jamoasi va uning bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning e’tiborini tortgan.

Hozirgacha bo‘lgan faoliyatining yarmini Angliyada o‘tkazgan Musiala "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Xavbek Bundesligada o‘ynash bu maqsadga erishishni qiyinlashtiradi deb hisoblaydi. Uning bu yilgi mukofot uchun hatto nomzodi ham ko‘rsatilmagani boshqa jamoaga o‘tish uchun sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Musiala Bundesliganing 24 ta o‘yinida maydonga tushgan va 10 ta gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!