“Bavariya”: Tuxel o‘rniga Zidan! Frantsuz nima deydi?

  • 19 fevral, 2024, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bavariya” rahbariyati jamoaning “Boxum”dan mag‘lubiyatini hazm qila olmayapti. Ular bosh murabbiy Tomas Tuxel o‘rniga boshqa mutaxassisni taklif qilmoqchi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, myunxenliklar jamoani hozirda ishsiz yurgan Zinedin Zidanga topshirishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, klub mutasaddilari frantsiyalik mutaxassis vakillari bilan aloqaga chiqqan. “Bavariya” xo‘jayinlari Tomas Tuxeldan voz kechishga qaror qilib bo‘lgan. Biroq germaniyalik mutaxassisni qachon iste’foga chiqarish masalasini hal qilish lozim.

Tomas Tuxel tez orada ishdan olinmasa, bu masala mavsum yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!