"Bavariya" sobiq ustozi "Gerta"da ish boshlashi mumkin

  • 13 fevral, 2020, 16:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach Bundesliganing boshqa bir klubi "Gerta"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Tecno

Kicker nashri xabariga ko‘ra, nemis klubi rahbariyati xorvatiyalik mutahassisni bo‘shab qolgan bosh murabbiylik kursisiga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Oldinroq, Yurgen Klinsmann "Gerta" ustozligidan iste’fo bergani ma’lum bo‘lgan edi.

Ayni damda Germaniya chempionatida 14 o‘rinda borayotgan "Gerta"ni Aleksendr Nuri vaqtinchalik shug‘ullantirmoqda.

Oxirgi ish joyi "Bavariya" bo‘lgan Niko Kovach "Gerta" uchun begona emas. U 1991-1996 va 2003-2006 yillardan Berlin klubida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!