
"Bavariya" rahbari "taxt"dan muddatidan avval ketadi
"Bavariya" klubi rasmiy saytining xabar berishicha, jamoaning amaldagi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge o‘z lavozimini muddatidan avval, ya’ni 2021 yilning 30 iyun kuni tark etadi.
Xabarlarga ko‘ra, Rummenigge o‘z xohishiga ko‘ra klubni tark etmoqda. 1 iyul kuni uning lavozimini klubning sobiq darvozaboni Oliver Kan egallaydi.
Rummeniggening "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yil 31 dekabrgacha tuzilgan edi. U 1991 yildan buyon ushbu klubda turli rahbar lavozimlarida ishlab kelmoqda.
“Bavariya” o‘tgan mavsum Germaniya Bundesligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar