
"Bavariya" posboni mashg‘ulotlarga qaytdi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer boldir mushaklaridan olgan jarohatidan so‘ng dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Payshanba kuni u darvozabonlar uchun maxsus mashqlarda qatnashdi va murabbiy Mixael Rexner bilan yakka tartibda shug‘ullandi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, bu Noyerning so‘nggi ikki haftadagi birinchi mashg‘uloti bo‘ldi. Posbon Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Bayer" darvozasiga kiritilgan golni nishonlash paytida boldir mushaklarini shikastlagani sababli bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.
Joriy mavsumda Noyer "Bavariya" safida Bundesligada 20 ta, Chempionlar Ligasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 15 o‘yinda esa Manuel o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar