"Bavariya" "Jirona" futbolchisini kuzatmoqda

  • 9 fevral, 2024, 16:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Jirona" himoyachisi Migel Guterresni faol kuzatib bormoqda.

Tecno

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko‘ra, agar chap qanot himoyachisi Alfonso Devis kelasi yozda "Real"ga o‘tsa, "qizillar" 22 yoshli ispaniyalikni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Guterresning o‘zi "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Real" ham o‘zining sobiq futbolchisini qaytarishi mumkin, ammo jamoa yozda Devisni sotib olsa, Migeldan voz kechadi.

Avvalroq, yanvar oyida Guterres 25 million evro evaziga Londonning "Brentford" klubiga o‘tishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Himoyachi La Liganing ushbu mavsumida bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!